"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Belarus Respublikasi Milliy kutubxonasiga 5 jilddan iborat “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” topshirildi

Belarus Respublikasi Milliy kutubxonasiga 5 jilddan iborat “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” topshirildi

Joriy yilning 25-sentyabr kuni 5 jilddan iborat “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” Oʻzbekistonning Belarus Respublikasidagi elchisi N.Yusupov tomonidan Belarus Respublikasi Milliy kutubxonasi direktori R.Motulskiyga tantanali ravishda topshirildi.


Lug‘atni topshirish marosimida R.Motulskiy Milliy kutubxona fondlarida dunyo xalqlarining 96 tilidagi10 milliondan ortiq nusxa kitob nashrlari borligi haqida gapirib, kutubxonaning yana bir nodir nashr bilan boyiganini taʼkidladi.


Ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari kengayib borayotgan bugungi sharoitda ushbu nashrning Belarus milliy kutubxonasiga taqdim etilgani nafaqat ramziy balki amaliy jihatdan ham foydali bo‘lishiga ishonchi komilligini bildirdi.


Manba: cis.minsk.by

29.09.2020 822