"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Bayram munosabati bilan targ'ibot bannerlari o'rnatilmoqda

21 oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan, Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tayyorlangan, ona tilimizni mazmun-mohiyatini targ‘ib etuvchi mavzularda tayyorlangan bannerlar, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan Amir Temur, Ahmad Donish, Abdulla Qodiriy, Chingiz Aytmatov, Usta Shirin, Iftixor, Moyqo‘rg‘on, Chinobod, Yunusota ko‘chalari, Yunusobod 3-mavze hududi, Yangi Yunusobod, Toshkent Avtomobil xalqa yo‘li va Kichik xalqa yo‘li ko‘chalari bo‘ylab, odam gavjum joylarga, jami 20 dona bannerlar o‘rnatildi.

Shuningdek, Uchtepa tumanining Foziltepa, Farxod, Lutfiy, Kichik halqa yo‘li va Toshkent Avtomobil xalqa yo‘llari bo‘ylab ham jami 20 dona bannerlar o‘rnatildi.

Bu kabi targ‘ibot bannerlarini respublika kesimida o‘rnatish rejalashtirilgan.


Manba: Toshkent shahar matbuot xizmati

08.10.2020 1062