"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Departament tomonidan nashrdan chiqarilgan “Davlat tilida ish yuritish” kitobi barchaga tavsiya etildi

Departament tomonidan nashrdan chiqarilgan “Davlat tilida ish yuritish” kitobi barchaga tavsiya etildi

Bugun O`zbekistonda Prezident rahbarliklari ostida o`zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish, ona tilimizning qadr-qimmatini joyiga qo`yish borasida tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, Shavkat Mirziyoevning joriy yil 23-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o`zbek tilida so`zlagan nutqi bu boradagi sa`y-harakatlarga keng yo`l ochib, o`zbek tilining nafaqat respublikamizdagi, balki jahondagi nufuzini yanada mustahkamladi.

Bu yil ilk marotaba respublikamizda 21 oktyabr sanasi O`zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan joriy yilning 13 oktyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida O`zbek tili bayrami kuniga bag`ishlangan ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi.

Tadbirda O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a`zosi, “Sharq yulduzi” va “Zvezda Vostoka” jurnallari bosh muharriri, taniqli shoir Sirojiddin Rauf, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a`zosi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Bobur Bobomurod, FVV Birlashgan tahririyati bosh muharriri Azamat Suyunov hamda Favqulodda vaziyatlar vazirining davlat tili masalalari bo`yicha maslahatchisi Bahodir Valiev hamda Akademiya professor-o`qituvchilari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda taniqli shoirlar ona tilimizning o`ziga xosligi, bugungi kunda davlat tilining nufuzi va maqomini oshirish borasidagi islohotlarga to`xtalib, har bir vatan farzandi o`z ona tilini sevishi, uning qadr-qimmatini joyiga qo`yishda faol ishtirok etishi zarurligini ta`kidladilar. Ona tilini ulug`lovchi she`rlaridan o`qib berdilar.

Favqulodda vaziyatlar vaziri maslahatchisi Bahodir Valiev o`z so`zida hozirda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti va uning joylardagi vakillari, ya`ni vazirlik, idoralarda faoliyat yuritayotgan davlat tili masalalari bo`yicha maslahatchilar tomonidan idoralarda davlat tilini rivojlantirish, davlat tilida ish yuritishni tashkil qilish ishlarining izchil davom ettirilayotganligini aytib o`tdi. O`z o`rnida, Departament va hamkor muassasa, tashkilotlar tomonidan nashrdan chiqarilgan “Davlat tilida ish yuritish” kitobini barchaga tavsiya qildi.  

Tadbir so`ngida kursantlar ham so`z olib, el ardog`idagi shoirlarning ijod namunalaridan yod aytdilar, o`zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.


Farhodjon XOJAEV,  
O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Akademiyasi o`qituvchisi, kapitan.

Manba: darakchi.uz

15.10.2020 651