"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Rudolf Taller: O‘zbek tili dunyoda mashhur, qadim tillardan biri

Avstriya Federal savdo palatasining Markaziy Osiyodagi sobiq vakili Rudolf Taller 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan «Dunyo» AA muxbiriga mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohada, shu jumladan davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida intervyu berdi.


— O‘zbekistonning dunyoga mashhur Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent kabi tarixiy shaharlarida juda ko‘p marotaba bo‘lganman — dedi R.Taller. — Yurtingizning go‘zal tabiati, madaniyati, tarixi hamda ochiq ko‘ngil va mehnatkash insonlarini juda yaxshi ko‘raman. O‘zbeklarning samimiy va mehmondo‘st xalq ekanini ko‘rgan va bilgan kishi yana bu o‘lkaga qaytib kelgisi kelaveradi. Shuningdek, O‘zbekiston ulkan boy tarixga egaligi, uzoq yillar davomida o‘zining boy madaniyati va an’analarini saqlab qolganligini e’tirof etish kerak.


O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining qoq markazida joylashgan, Buyuk ipak yo‘lining rivojlanishida muhim o‘rin egallagan. Bugungi globallashayotgan iqtisodiyot davrida davlat rahbari tomonidan olib borailyotgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy va turizm sohalaridagi islohotlar natijasida mamlakat so‘nggi yillarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritayapti.


Kezi kelgan aytish kerakki, o‘zbek milliy taomlari juda mazali. Ular nafaqat Markaziy Osiyo yoki MDH davlatlari, balki Yevropada ham hamma sevib iste’mol qilinadi.


Shu bilan birga, O‘zbekistonda davlat tili bo‘lgan o‘zbek tili dunyoda mashhur qadim tillardan biri hisoblanadi. Markaziy Osiyo davlatlarining qaysi shaharlariga bormang o‘zbek tilida so‘zlashayotgan insonlarga duch kelasiz. Bundan tashqari, bugungi kunda jahonning turli nuqtalarida o‘zbek tilida gaplashayotganlarni uchratish mumkin. Ko‘pchilik yevropaliklar ham tilingizni katta ishtiyoq bilan o‘rganishni boshlagan, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.


O‘zbekistonda o‘tkazilgan yirik anjumanlardan birida ishtirokim paytida Erkin Vohidovning «O‘zbegim» she’rini ko‘p marta eshitgandim. Bu she’r aynan dunyodagi barcha o‘zbeklarga qarata aytilganligi va u menga juda ta’sir qilgani sababli shu she’rni yod oldim. Qaysi davraga kirsam, mendan “O‘zbegim» she’rini o‘qib berishimni so‘rashadi. Bu albatta, bekorga emas, deb o‘ylayman. Bu she’rda millat, Vatan, ona til ulug‘langan.


Men o‘zbek xalqini O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbdan tabriklayman!


VENA, 16-oktabr. «Dunyo» AA.

16.10.2020 623