"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi tomonidan “O‘zbek tili do‘stlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi tomonidan “O‘zbek tili do‘stlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi tomonidan “O‘zbek tili do‘stlari” mavzusida davra suhbati, ilmiy anjumani o‘tkazildi.


Mazkur tabdir Nur-Sulton shahri hokimiyati tasarrufidagi “Do‘stlik uyi” binosida tashkil etildi. Unda Qozog‘iston xalqi Assambleyasi vakillari va ilmiy-ekspert kengashi aʼzolari, Qozog‘iston Milliy arxivi qoshidagi Qo‘lyozmalar va noyob kitoblar milliy markazi rahbariyati, Qozog‘iston Respublikasidagi barcha O‘zbek etno-madaniy markazlari rahbarlari va aʼzolari hamda taniqli, tilshunos va adabiyotshunos olimlar, vatandoshlar ishtirok etdi.

19.10.2020 528