"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Qadring baland boʻlsin, ona tilim!

Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil toʻlishi munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” mavzusida tadbir oʻtkazildi.

Keng koʻlamda oʻtkazilgan mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Zokir Rasulov, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori Sherzod Mirzanov, Oʻzbek tili va adabiyoti kaferdasi professori Nodir Gʻafforov hamda universitet jamoasi ishtirok etdi.

Tadbir davomida universitet professor-oʻqituvchilari oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilish jarayonlari hamda uning sport sohasidagi ahamiyati kabi mavzularda maʼlumot berishdi. Shuningdek, universitet talabalari tomonidan namoyish etilgan badiiy chiqishlar tadbirga oʻzgacha kayfiyat baxsh etdi.


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

20.10.2020 2250