"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

“Qadring baland bo`lsin, ona tilim” xalqaro tanlovi g`oliblari taqdirlandi

O`zbek tilini rivojlantirish va xalqaro miqyosda nufuzini oshirish, davlat tili sifatida o`qitilishida ilg`or pedagogik faoliyatni qo`llab-quvvatlash, ona tilining o`qitish metodikasini takomillashtirish maqsadida “Qadring baland bo`lsin, ona tilim” xalqaro tanlovi e`lon qilingan edi.


Mazkur xalqaro tanlov jarayonida Tashkiliy qo`mitaga 1 ming 750 ta ijodiy ish kelib tushdi.


Xususan, “Eng yaxshi badiiy asar” nominasiyasining nasr yo`nalishiga 125 ta, nazm yo`nalishiga 712 ta, “Eng yaxshi publisistik maqola” nominasiyasi bo`yicha jami 426 ta, O`zbek tilining xorijdagi eng yaxshi targ`iboti (o`zbek millatiga mansub yoki chet el fuqarolari tomonidan yaratilgan xorijda o`zbek tilini targ`ib qilishga qaratilgan ilmiy, badiiy, musiqiy asarlar hamda audio, video mahsulotlar)ga qaratilgan jami 75 ta, “Eng yaxshi ijtimoiy roliklar” nominasiyasi uchun esa 412 ta ijodiy ish taqdim etilgan.


Ijodiy ishlarning deyarli 90 foizi (1 621 tasi) @Til_tanlovBot  telegram bot orqali, qariyb 10 foizi (129 tasi) esa info-til@gov.uz elektron pochtasi orqali kelib tushdi.

Ahamiyatlisi, tanlovga AQSh (2 ta), Fransiya (1 ta), Rossiya (5 ta), Janubiy Koreya (3 ta), Xitoy (8 ta), Turkiya (11 ta), Eron (3 ta), Ozarboyjon (6 ta), Qozog`iston (12 ta), Qirg`iziston (4 ta), Tojikiston (14 ta) singari o`ndan ortiq yaqin va uzoq xorijdan ishtirokchilar qatnashgan. Ular orasida Afg`onistondagi millatdoshlarimizning faolligini (21 ta) alohida qayd etib o`tish joiz.

Joriy yilning 19 oktyabr kuni O`zbek Milliy akademik drama teatrida “Qadring baland bo`lsin, ona tilim” xalqaro tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.


I. “NASR” YO`NALISHI BO`YICHA:

1-o`rin: Holida BOZOROVA,

Navoiy davlat konchilik instituti akademik liseyi ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, “O`zbek Boboturkiy” hikoyasi uchun.

2-o`rin: Tursunmurod ERMATOV,

Qashqadaryo viloyati, “Jonqora” hikoyasi uchun.

3-o`rin: Begali ESHONQULOV,

Samarqand viloyati, “Ma`rufning inshosi” hikoyasi uchun.

RAG`BATLANTIRUVChI O`RINLAR:

Luqmon BO`RIXON,

Toshkent shahri, “Cho`ldan kelgan tashvish” hikoyasi uchun.

Bayram ALI,

Qashqadaryo viloyati, “Xaloskor” hikoyasi uchun.

Orif TOLIB,

Toshkent shahri, “Balta” hikoyasi uchun.

Mahbubulloh TURON (Afg`oniston),

“Men o`shanda tirik ekanman” hikoyasi uchun.


II. “NAZM” YO`NALISHI BO`YICHA:

1-o`rin: G`ayrat MAJID,

Toshkent shahri, “Ona tilim” she`ri uchun.

2-o`rin: Madina NORCHAEVA,

Qashqadaryo viloyati, “Otam dalalarga ekkan edi so`z” she`ri uchun.

3-o`rin: Shohsanam NISHONOVA,

Farg`ona viloyati, “Ona tilim” she`ri uchun.

RAG`BATLANTIRUVCHI O`RINLAR:

Gulmira ABDIRAIMOVA

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi, “Asriy qush” she`ri uchun.

Asliddin JARKINOV,

Zarafshon shahridagi 2-umumta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, “Ona tilim” she`ri uchun.

Fotima RUSTAMOVA,

Shahrisabz tumanidagi 43-maktabning ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, “Ona tilim” she`ri uchun.

Orifjon OLIMJONOV

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi, “Taqdirimga qo`yilgan dastxat” she`ri uchun.


III. “PUBLISISTIKA” YO`NALISHI BO`YICHA:

1-o`rin: Ma`mura ZOHIDOVA,

Toshkent shahri, “Til – millatning ruhi bo`lsa...” maqolasi uchun.

2-o`rin: Husan KARVONLI,

“Ma`rifat” gazetasi bosh muharriri, “Tiriko`rim” maqolasi uchun.

3-o`rin: Biybijamol JADIGEROVA,

Qoraqalpog`iston Respublikasi, “Navoiy shon bergan til” maqolasi uchun.

RAG`BATLANTIRUVCHI O`RINLAR:

Asror MO`MIN,

O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, publisist, “O`zbek tilim” maqolasi uchun.

Hakim SATTORIY

O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, “Millat qalbining nidosi” maqolasi uchun.

Nosir ULUQOV,

Namangan davlat universiteti professori, “Ona tili — oliy qadriyat” maqolasi uchun.

Hakim ZOKIR (Tojikiston Respublikasi), 

“Onaday qadrli, ona sutiday orombaxsh — o`zbek tilim!” maqolasi uchun.


IV. “IJTIMOIY ROLIK”YO`NALISHI BO`YICHA:

1-o`rin: Shuhrat HAYITOV,

“O`zbekiston” teleradiokanali bosh muharriri, “Til — millat ramzi” roligi uchun.

2-o`rin: Ulbosin MIRZANAZAROVA,

Qoraqalpog`iston Respublikasi, “Ona tilim” roligi uchun.

3-o`rin: Rasul MAMARIZAEV,

“Dunyo bo`ylab” telekanali rejissyori, “Ona tilim” roligi uchun.

RAG`BATLANTIRUVCHI O`RINLAR:

Nodir AHMEDOV,

Namangan viloyati, To`raqo`rg`on tumanidagi 17-davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati direktorining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari, “Aslida mana bunday bo`lishi kerak”roligi uchun.

Dilnoza HOSILOVA,

Vayoming universiteti ingliz tili markazi loyihasi koordinatori, (AQSh), “Xorijga olib kelgan ona tilim” roligi uchun.

Abdukarim AHMADXO`JAEV,

“Madaniyat va ma`rifat” telekanali rejissyori, “Ona tilim” roligi uchun.


V. “O`ZBEK TILINING XORIJDAGI TARG`IBOTI” YO`NALISHI BO`YICHA:

1-o`rin: Shohmamad DOG`LAR o`g`li

(Ozarbayjon Respublikasi).

2-o`rin: Fatma ACHIK,

G`ozi universiteti professori, fan doktori, (Turkiya).

3-o`rin: Chixo MIYAZAKI,

Yaponiyaning Nagoya universiteti professori, Yaponiyadagi Buyuk Ipak Yo`li ilmiy tadqiqot jamiyatining asoschisi.

RAG`BATLANTIRUVCHI O`RINLAR:

Sunnatulla AKRAM,

Qozog`iston Respublikasi.

Aynur O`z O`ZJAN,

Anqara universiteti professori, fan doktori, (Turkiya).

Tomas VELSFORD

Angliya Oksford universitetining All Soulz kolleji doktoranti.

Beg`am QORAEVA,

Moskva davlat universiteti dosenti


Tanlovlarning har bir yo`nalishi bo`yicha g`olib deb topilgan mualliflarga va rag`batlantiruvchi mukofot sohiblariga pul va esdalik sovg`alari topshirildi. Xorijlik tanlov g`oliblarining mukofot mablag`lari va esdalik sovg`alari Tashqi ishlar vazirligi va xorijiy elchixonalarimiz orqali o`z egalariga etkaziladi.


Kechada Milliy akademik drama teatri aktyorlari ona tilimiz tarannum etilgan dramatik asarlardan parchalar ijro etdi.


Davlat tilini rivojlantirish departamenti

20.10.2020 1368