"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Innovatsion rivojlanish vazirligining bir guruh vakillari Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan eʼtirof etildi

Innovatsion rivojlanish vazirligining bir guruh vakillari Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan eʼtirof etildi

Joriy yilning 26-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi, milliy davlatchiligimiz va o‘zligimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizni rivojlantirish, davlat tilining o‘rni va mavqeyini mustahkamlash yo‘lidagi xayrli saʼy-harakatlari uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbari va bir guruh vakillariga faxriy yorliqlar topshirildi.

Tadbirda innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va vazirning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Isajon Sultonov so‘zga chiqishdi.

- Davlat tilini bayrog‘imiz va gerbimiz singari davlat ramzi deb qabul qilishimiz kerak, - dedi I.Sultonov.

- Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasida o‘zbek tilida nutq so‘zlagani ham bejiz emas. O‘z davlat tilimizga eʼtiborni boshqa tillarni kamsitmasdan kuchaytirishimiz kerak. Innovatsion rivojlanish vazirligida davlat tiliga eʼtibor ish yuritish va vazirlik faoliyatida yaqqol namoyon bo‘ladi.

2019-yilda O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 21-oktabr – «O‘zbek tili bayrami kuni» deb eʼlon qilindi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi. Departamentning asosiy vazifalaridan biri davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratini joriy etishdan iborat deb belgilangan.

Tadbirda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, innovatsion rivojlanish vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Isajon Sultonov, innovatsion rivojlanish vazir yordamchisi Aʼzam Azimov, Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova, ilmiy kotib Noiba Madaliyeva, ilm-fan va ilmiy texnikaviy tadqiqotlarni rivojlantirish boshqarma boshlig‘i Shuhrat Otajonov, ijro apparati boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Yakubov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.


Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

27.10.2020 589