"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Ozarbayjonda «O‘zbek tili do‘stlari» klubi a’zolari ishtirokida “O‘zbek tili bayrami" kuni nishonlandi

Ozarbayjonda «O‘zbek tili do‘stlari» klubi a’zolari ishtirokida “O‘zbek tili bayrami" kuni nishonlandi

Mamlakatimiz elchixonasida «O‘zbek tili do‘stlari» klubi a’zolari va Ozarbayjonda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida “O‘zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan onlayn adabiy-badiiy kecha tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Tadbir avvalida ishtirokchilarga o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, joriy yil 23-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 75-sessiyasida o‘zbek tilida ilgari surgan tashabbuslari alohida e’tirof etildi.


Anjumanda “O‘zbek tili do‘stlari” klubi a’zolari O‘zbekiston madaniyati va tarixi haqida iliq fikr-mulohazalar bildirdi.


Almaz Ulviy Binnatova, professor, filologiya fanlari doktori (Ozarbayjon):
— Qardosh o‘zbek xalqini "O‘zbek tili bayrami" kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman. Til insonlarni bir millat sifatida birlashtiradi. O‘zbekistonda 21-oktabr sanasi o‘zbek tili bayrami kuni deb belgilangani quvonarli.


Akif Azalp Bagirov, filologiya bo‘yicha falsafa doktori (Ozarbayjon):

— Joriy yilda ilk bor "O‘zbek tili bayrami" kuni keng miqyosda tantana qilindi. Bu bayram nafaqat O‘zbekiston, balki xorijda, xususan, Ozarbayjondagi «O‘zbek tili do‘stlari» klubi a’zolari va o‘zbek adabiyoti muxlislari tomonidan mamnuniyat bilan qarshi olindi.


Fursatdan foydalanib, o‘zim va o‘zbek tilining Ozarbayjondagi muxlislari nomidan o‘zbek xalqini millat birligi timsoli bo‘lgan ushbu bayram bilan muborakbod etaman. "O‘zbek tili bayrami" kunini mamlakat miqyosida keng nishonlashdek intilish Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshdi. Mamlakatda o‘zbek tili nufuzi va mavqeyini yanada yuksaltirish bo‘yicha tarixiy ahamiyatga ega ishlar boshlanganidan behad xursandmiz.


BOKU, 27-oktabr. «Dunyo» AA

28.10.2020 700