"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Til bor ekan – millat barhayot

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy yilning 10-aprel sanasida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

Mazkur hujjatga muvofiq, joriy yildan boshlab 21-oktabr sanasi “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida yuqori saviyada, keng doirada nishonlanadi. Ahamiyatlisi, ushbu sana bilan bog‘liq targ‘ibot-tashviqot ishlarining davomli natijasi hisoblangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar joylarda ko‘tarinki ruh bilan qarshi olinmoqda.

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar madaniyat saroyida shahar hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar bo‘linmasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Shahrisabz shahar kengashi hamda shahar madaniyat bo‘limi hamkorligida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘qituvchilari o‘rtasida eʼlon qilingan “Til bor ekan – millat barhayot” sarlavhali ijodiy maqolalar hamda o‘quvchilar uchun tashkil qilingan “Til – millat ruhi” insholar tanlovlarining g‘oliblari I, II, III darajali diplom, faxriy yorliq hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

Bu kabi tadbirlar nafaqat bayram munosabati bilan balki, yil davomida tashkil etiladi. Chunki, til davlatning ramziy belgisi, millat maʼnaviyatining ko‘zgusidir.


Manba: uza.uz
29.10.2020 767