"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Poytaxt hokimligida maslahatchi faoliyati bilan bog'liq muhim masalalar muhokama qilindi

Poytaxt hokimligida maslahatchi faoliyati bilan bog'liq muhim masalalar muhokama qilindi

Bugun poytaxt hokimligi kichik majlislar zalida Toshkent shahar va tuman hokimlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchilarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘gʼrisida”gi PF-6084-sonli Farmonining mazmun-mohiyati hamda ijrosini taʼminlash to‘g‘risidagi, shuningdek, maslahatchilarning 2020-yil iyul-oktabr oylaridagi faoliyatining tahlili, kelgusi faoliyatlarining muhim yo‘nalishlari to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Tanqidiy va tahlil asosida o‘tgan yig‘ilishda 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi, konsepsiyani 2020-2022-yillarda amalga oshirish dаsturi, uning аsosiy yo‘nаlishlаrida hokimliklarga yuklatilgan bandlar o‘z vaqtida bajarilishi belgilanganligi, bunda maslahatchilar zimmasiga Toshkent shahar va tuman hokimliklarida, tizimdagi barcha tashkilot va idoralarda ish yuritish, shuningdek barcha idoralararo hujjatlar aylanishi davlat tilida bo‘lishini to‘liq taʼminlash va bu jarayonda davlat tiliga qatʼiy amal qilishni nazorat qilish. 

Hududdagi jamoat joylari, ko‘chalar, binolar peshtoqidagi turli yozuvlar, lavhalar va axborot matnlarini tartibga keltirish ishlari davom ettirilishi, bunda tumandagi barcha sektor rahbarlari bilan hamkorlik qilish hamda ularning vakillarini jalb etish, mavjud mahalla, ko‘cha va joy nomlarini qonun hujjatlariga mosligini taʼminlashda maslahatchilarning masʼulligini oshirish, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”, “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” hamda “Ona tilim – faxrim, g‘ururim” shiorlari ostida o‘zbek tilining buyukligi, boyligi, betakrorligini tarannum etuvchi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tizimli va doimiy ravishda o‘tkazishni taʼminlash. Shuningdek, amalga oshirilayotgan faoliyatni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish masalalari hamda boshqa masalalar muhokama qilindi.


Akmal RO'ZITOYEV,

Toshkent shahar hokimining maslahatchisi

04.11.2020 630