"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi bir qator ko‘chalarga yangi nomlar beriladi

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi bir qator ko‘chalarga yangi nomlar beriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali “regulation.gov.uz” saytida Nishon tuman hokimining “Tumandagi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga yangidan nom berish to‘g‘risida” HQL-1636/20 qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan (https://regulation.gov.uz/uz/d/24924).

Qaror loyihasiga ko‘ra tumandagi 20dan ortiq mahalladagi nomsiz ko‘chalarga nom berish ko‘zda tutilgan.

Jumladan, tumanning: “Abdulla Qodiriy”, “Baynalmillal”, “Balxiyak”, “Yoshlar diyori”, “Guliston”, “Nishon”, “Jalajin”, “Kaptarli”, “Navro‘z”, “Katta anhor”, “Kimyogar”, “Obod”, “Ko‘ksoy”, “Nuriston”, “Oq oltin”, “Orzu bo‘stoni”, “Paxtaobod”, “Do‘stlik”, “Obi hayot”, “Umr bunyodkori”, “Shirinobod”, “Yangiobod” MFYlardagi jami 303 ta ko‘chaga nom berish nazarda tutilgan.

Manba: Qashqadaryo xabarlari

24.11.2020 721