- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Qashqadaryo viloyatida tashqi ko'cha yozuvlari, reklama va e'lonlarga qo'yiladigan talablarning holati o'rganildi
Qashqadaryo viloyatida tashqi ko'cha yozuvlari, reklama va e'lonlarga qo'yiladigan talablarning holati o'rganildi
Tashqi ko'cha
yozuvlari, reklama va e'lonlarga qo'yiladigan talab hamda bu boradagi tartib
nimalardan iborat? Davlat tilida ish yuritish me'yorlaridan hamyutrlarimiz
qanchalik boxabar?
Qashqadaryo viloyati hokimi maslahatchisi Z.Aminova
va Qarshi shahar hokimi maslahatchisi M.Yusupova, viloyat davlat soliq
boshqarmasi xodimi F.Jabborov ishtirokida ishchi guruh vakillari Qarshi
shahridagi markaziy ko'chalar bo'ylab navbatdagi nazorat tadbirini olib
bordilar.
Savdo xodimlari, tadbirkorlar hamda bozor
mutasaddilari bilan qilingan muloqot chog'ida O'zbekiston Respublikasining
"Davlat tili haqida"gi va "Reklama to'g'risida"gi Qonunlari
shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi "Tashqi reklama
bozorini tartibga solish to'g'risida" gi qarori mazmun mohiyati atroflicha
tushuntirildi.
Aniqlangan
kamchiliklar bo'yicha ogohlantirish, tavsiya va ko'rsatmalar berildi.
Z.Aminova,
Qashqadaryo viloyati hokimining maslahatchisi