"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • O'zbekiston fuqaroligini olishga talabgorlar uchun sinov imtihonlari tashkil qilindi

O'zbekiston fuqaroligini olishga talabgorlar uchun sinov imtihonlari tashkil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 592-son (2020.28.09.) qarori qarori asosida fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun davlat tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tizimi joriy qilingan edi. Mazkur qaror asosida “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajsaini aniqlash tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlanib, unda davlat tili bo‘yicha sinov imtihonini tashkil etish, davlat tilini bilish bo‘yicha sertifikat berish tartibi hamda davlat tilini bilishga qo‘yiladigan minimal talablar belgilab berilgan. Ushbu vazifa ijrosi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markaziga yuklatilgan edi.

Bugun Markaz va uning hududiy boʻlinmalarida fuqarolik olishga talabgorlar uchun sinov imtihonlari tashkil qilindi. Sinov imtihonlari test, yozma, ogʻzaki  shakllarda tashkil qilindi. Imtihon jarayonlarida Davlat tilini rivojlantirish departamenti mutaxassisi F.Hayitov, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri maslahatchisi O.Jamoliddinova, Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolkni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi A.Yunusxoʻjayevlar ishtirok etishdi. Markaz direktori I.Azimov va tashrif buyurgan mehmonlar mamlakatimizda oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeуini oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar xususida toʻxtalib, talabgorlarga bugungi sinovlarda omad tiladilar.

Markazda tashkil qilingan imtihonda 35 nafar, respublika boʻyicha  jami 258 nafar talabgor ishtirok etdi.


Davlat tilida ish yuritish asoslarini
o‘qitish va malaka oshirish markazi


11.12.2020 658