"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Buxoroda amaliy seminar tashkil etildi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Buxoroda amaliy seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari tg‘risida” 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 2020-yil 14-dekabr kuni Buxoro olimpiya zaxiralari kollejida amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda o‘zbek adabiy tili meʼyorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy ma’lumotlar berildi.

Amaliy koʻrinishda tashkil etilgan seminar davomida kundalik hayotimizda davlat tili haqidagi qonunning buzilish holatlari, uchrayotgan muammolar, tashqi reklama yozuvlaridagi kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha jamoatchilik nazoratini qay tarzda tashkil etish masalalari muhokama etildi.


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

14.12.2020 537