"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Davlat tilida ish yuritish o‘quv kurslarini tugatgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi

Davlat tilida ish yuritish o‘quv kurslarini tugatgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoni hamda 2020-yilning 20-oktyabridagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida vazirlik markaziy apparati xodimlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida tashkil etilgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining malakali mutaxassislari tomonidan bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.

Bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida malakasini oshirgan xodimlar uchun sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlikning rahbar-xodimlari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida tashkil etilgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining professor-o‘qituvchilari, matbuot va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Xodimlarning faoliyati davomida davlat tilida ish yuritish borasida bilim va ko‘nikmalarini oshirishga munosib hissa qo‘shgan ustozlarga vazirlikning tashakkurnomasi taqdim etildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Matbuot xizmati

18.12.2020 704