"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Ajdodlardan meros qolgan ona tilim!

Joriy yilning 17-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son hamda 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 34-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida tuman hokimligi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Yunusobod tumani bo‘linmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Muqumiy nomidagi O‘zbek Davlat musiqali drama teatri bilan hamkorlikda “Ajdodlardan meros qolgan ona tilim!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni Toshkent shahar hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Akmal Ro‘zitoev ochib berdi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, O‘zbekiston radio suxandoni Hulkar Hamroyeva, Muqumiy nomidagi O‘zbek Davlat musiqali drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehmonali Salimov va Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Yunusobod tumani bo‘linmasi rahbari Salohiddin Axmadaliyev o‘z ma'ruza va chiqishlarida hukumat qaror va farmonlarining mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirib, amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berib o‘tdilar.

Shuningdek, tadbir davomida o‘zbek til bilan bog‘liq tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etish, jamoatchilik nazorat guruhlari bilan hududdagi barcha tashqi yozuvlar, e'lon va peshlavhalar hamda hujjatlar yuritilishini tartibga solish hamda badiiy ijod bilan birga ilmiy faoliyatni teng olib borgan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 580 yilligi munosabati bilan ta'lim maskanlarida Adabiyot oyligi doirasida turkum tadbirlar, uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etish yuzasidan fikr mulohazalar bildirildi.

 

Yunusobod tumani
Matbuot xizmati

21.12.2020 997