"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Davlat tilini rivojlantirish departamenti buyurtmasiga asosan nashr etilgan kitoblarining taqdimoti o'tkazildi

Davlat tilini rivojlantirish departamenti buyurtmasiga asosan nashr etilgan kitoblarining taqdimoti o'tkazildi

Farg'ona viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti buyurtmasiga asosan nashr etilgan "Xalqaro terminelementlarning izohli-illyustrativ lug'ati", "So'z xiyoboni", "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchilari uchun qo'llanma", shuningdek, "Davlat tilida ish yuritish" kitoblarining taqdimoti o'tkazildi.

Shuningdek, "Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malakasini oshirish markazi" Farg‘ona bo‘linmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi  qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish istagini bildirgan (O‘zbekistonda yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan) bir guruh shaxslardan davlat tilini bilish darajasini aniqlash  bo‘yicha tegishli tartibda imtihon tadbirlari o‘tkazildi. Talabgor shaxslar o‘zbek tili imlo qoidalari bo‘yicha onlayn tarzda test sinovlaridan o‘tdilar.


S.Tongotarova,

Farg'ona viloyati hokimining maslahatchisi

28.12.2020 558