"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • 48 nafar shaxslarga davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatlar topshirildi

48 nafar shaxslarga davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatlar topshirildi

2021-yil 6-yanvar kuni "Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malakasini oshirish markazi" Farg‘ona hududiy bo‘linmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish istagini bildirib, sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan 48 nafar shaxslarga davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.

Ma’lumot oʻrnida

Sinov imtihoni test, yozma va og‘zaki shakllarda o‘tkaziladi.

(https://lex.uz/docs/-5021251)

Test talabgorning kundalik turmushida foydalanuvchi sodda xabarlar, til egasi bilan tanish va maxsus mavzuda muloqotga kirishganda foydalaniladigan ma’lumotlar asosida tuzilgan 10 ta mantiqiy savollardan iborat.

Test savollariga to‘g‘ri javoblar uchun beriladigan eng ko‘p ball 30 ballni tashkil etadi. Test savollarini echish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.

Yozma sinov shakli diktant shaklida yoki talabgorning sodda anketalarni shaxsiy ma’lumot bilan to‘ldira olish, rasmiy xat, ish yuritish qog‘ozlarini (ariza, rozilik xatlari, rezyume) yoza olish darajasini aniqlash maqsadida ma’lum bir topshiriqni (anketa to‘ldirish, ariza yozish kabi) yozish tarzida o‘tkaziladi.

Yozma sinov uchun beriladigan eng ko‘p ball 30 ballni tashkil etadi. Yozma sinovni bajarish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.

Og‘zaki sinov shakli talabgorning o‘zi haqida og‘zaki ma’lumot bera olish, ijtimoiy-maishiy mavzuda taklif etilgan suhbatga kirisha olish, fikrini sodda tarzda tushuntirib bera olish, tanish mavzularda o‘z fikrini bildira olish (kitoblar, filmlar, musiqa xususida), hikoya yoki muhokama mazmunini sodda iboralar bilan qisqacha gapirib bera olish darajasini bilish maqsadida tuzilgan savollar asosida tashkil qilinadi.

Og‘zaki sinov uchun beriladigan eng ko‘p ball 40 ballni tashkil etadi. Og‘zaki sinovni bajarish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.

 

S.Tongotarova,

Fargʻona viloyati hokimining maslahatchisi

07.01.2021 634