"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Tilni majburlab o‘rgatib bo‘lmaydi, uni sevish kifoya!

Millat ma’naviyatining muhim tarkibiy qismi, ruhiyatining ozuqasi sanalmish til masalasi har qaysi davrda muhim sanalgan. Boisi, u xalqning asosiy ijtimoiy muloqot manbayi sanaladi. Tabiiyki, til yordamida og‘zaki va yozma nutq shakllanadi.

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va mazkur huquqiy hujjatning 2-ilovasi 1-bob, 2-bandidagi “Barcha vazirlik va idoralar tarkibida ish yuritish, shuningdek barcha idoralararo hujjatlar aylanishi davlat tilida bo‘lishini to‘liq ta’minlash va bu jarayonda davlat tiliga qat’iy amal qilishni nazorat qilish”, 4-bandidagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini, imlo qoidalarini yanada takomillashtirish va yangi yozuvga to‘liq o‘tishni ta’minlash” qismi asos qilib olingan holda davlat tilida ish yuritishni samarali va sifatli tashkil etishni ta’minlash maqsadida Shahrisabz shahar hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Axmedova tomonidan hududdagi bir qator tashkilot va muassasalarda davlat tilida ish yuritish tartibi o‘rganildi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, davlat idoralarida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarga davlat tilida ish yuritish bo‘yicha amaliy yordam berishdir.

Xususan, Shahrisabz shahar Moliya bo‘limi va Xalq ta’limi bo‘limida yuritilayotgan ish hujjatlarining davlat tiliga muvofiqligi, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar birma-bir yozib borildi va holat yuzasidan tegishli xulosa chiqarildi.  Mazkur yo‘nalishda rahbarlar bilan hamkorlikda kelgusida bajariladigan amaliy chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

F.Axmedova,

Shahrisabz shahar hokimining

davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi

21.01.2021 662