"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi

“Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida joriy yilning 22-yanvar kuni tashkil qilingan ma'naviy-ma'rifiy dars mashg‘ulotlari davlat tili targ‘ibotiga bag‘ishlandi.

“Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzusida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarga tilshunos olimlar, yozuvchi va adiblar taklif etilib, dars jarayonlarida o‘zbek tilini rivojlantirish, uning qadr-qimmatini oshirish, vazirlik tizimida davlat tilida ish yuritish kabi mavzularda fikr yuritilib, xodimlarga zarur tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Jumladan, vazirlik Markaziy apparatida tashkil qilingan mashg‘ulotga O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professori filologiya fanlari nomzodi Jomonov Ravshan Oripovich taklif etildi. Ma'ruzachi o‘z so‘zida o‘zbek tilining boy va betakror tillardan biri ekanligi, ushbu tilda yuksak madaniyat va san'at namunalari yaratilganligi, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va yana ko‘plab mumtoz shoir va adiblarimiz, zamonaviy adabiyot namoyandalari uning rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shganliklarini ta'kidlab, ona tilini hamisha e'zozlash, qadrlash, u bilan faxrlanish muqaddas vazifa ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Shuningdek, mashg‘ulot davomida vazirlik tizimida davlat tilida ish yuritishga muhim vazifalardan biri sifatida qarash, davlat tilini rivojlantirishga har bir xodim munosib hissa qo‘shishi zarurligi eslatildi.

O‘z o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish Departamenti rahbarligida aloqador muassasalar hamkorligida nashrga tayyorlanib, chop etilgan “Davlat tilida ish yuritish” deb nomlangan amaliy qo‘llanmaning taqdimoti tashkil qilindi va ushbu kitob faoliyatda samarali foydalanish uchun tavsiya etildi.

Bahodir Valiyev, 
Vazir maslahatchisi

22.01.2021 552