"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Afg‘onistonda #AlisherNavoiytavalludining580yilligi xeshtegi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Prezidentining «Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida mamlakatimizning Afg‘onistonda elchisixona ko‘magida diplomatik vakolatxona huzuridagi «O‘zbek tili do‘stlari» klubi tomonidan “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida #AlisherNavoiytavalludining580yilligi xeshtegi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ayni paytda butun dunyodagi Navoiy ixlosmandlari Facebookdagi muloqot maydonida «g‘azal mulkining sultoni» haqidagi fikr-mulohazalarini qoldirmoqda. Xeshteg Alisher Naviyning xalqaro ko‘lamda yuksak obro‘-eʼtiborga ega ekanini yana bir karra tasdiqlamoqda.

Elchixona maʼlumotiga ko‘ra, Facebookijtimoiy tarmog‘ida, shuningdek, «Bizning Guruhimiz» nomli virtual guruh tuzildi. Unda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarga oid maʼlumotlar va buyuk shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ilmiy-maʼrifiy materiallar joylashtirilmoqda.


“Dunyo” AA

26.01.2021 647