"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Onlayn insholar tanlovi eʼlon qilindi

Qashqadaryo viloyat hokimligi hamda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan 9-10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Ona tilim-g‘ururim” mavzusida onlayn insholar tanlovi eʼlon qilindi.

Tanlov shartlari - ajdodlarimizning boy merosini asrab-avaylash, milliy o‘zlikni anglash va mustaqil davlatchilik timsoli bo‘lgan, bebaho maʼnaviy xazina, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida yuksak kuch – o‘zbek tilining nufuzi va mavqeini oshirishga doir qarashlar va bilimlarni ifodalash. So‘zga bo‘lgan hurmat hissi hamda yuksak tafakkurni namoyon etish.

Ijodiy ishlar dastlab tuman, shahar bosqichlarida saralanadi. Insholar 2020-yilning 10-apreliga qadar viloyat xalq taʼlim boshqarmasining https://t.me/ona_tilimtanlovi telegramm kanali orqali onlayn qabul qilinmoqda.

Har uch sinf kesimida uchtadan g‘olib aniqlanadi va ularga qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.

Ona tili - bebaho qadriyatdir. Biz uni eʼzozlab, albatta eʼzoz topamiz!

04.04.2020 2814