"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

“Buyuk siymo” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida ulug‘ shoir va mutafakkir, o‘zbek adabiyoti va adabiy tilining asoschisi A.Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk siymo” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda taniqli adabiyotshunos olim, “O‘zbekino” Milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Rizayev hamda elimiz ardog‘idagi xonanda, O‘zbekiston xalq hofizi O.Safarov ishtirok etdilar.

Adabiyotshunos olim Sh.Rizayev buyuk shoir va mutafakkir A.Navoiy hayoti, ijodiy faoliyati atroflicha to‘xtalib, uning 580 yilligini munosib nishonlash sharafli vazifa ekanligini taʼkidladi. O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov Navoiy g‘azallariga bastalangan qo‘shiqlarni jonli ijroda kuylash bilan tadbir ishtirokchilariga kotarinki kayfiyat ulashdi.


Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi
Matbuot xizmati

06.02.2021 500