"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

SO‘Z MULKINING SULTONI (Hazrat Mir Alisher Navoiyga ehtirom)

Alisher Navoiy (1441-y 9-fevral – 1503-y 3-yanvar) – ulugʻ oʻzbek va barcha turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkir va davlat arbobi boʻlgan. G‘arbda chig‘atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda nizomi millati va din (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi. Zamondoshlari u haqida koʻpincha “Nizomiddin Mir Alisher” deb yozadilar. “Nizomiddin”- din-diyonat nizomi degani boʻlib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, “mir” - amir demakdir.

Uning otasi Gʻiyosiddin Muhammad temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi boʻlgan, ismi maʼlum emas. Hazrat Mir Alisher Navoiy, Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan, Sayyid Hasan, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan buyuk iste’dod egasi hamdir qozongan Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469-y), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469-y) mansabiga, vazirlik (1472-y) va Astrobod hokimligiga (1487-y) tayinlanadi. 1480–1500-yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga “Muqarrabi Hazrati Sultoniy” (“Sulton hazratlarining eng yaqin kishisi”) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olgan. Alisher Navoiy 1469-1472-yillarda muhrdor, 1472-1476-yillarda vazir boʻlib ishlagan. 1487-1488-yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan. Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi “Xamsa” asari (1483-85-y)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq Xamsa yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab bergan. “Xamsa” tarkibiga “Hayrat-ul Abror”, “Farxod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabbai Sayyor”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlar kiradi. O‘z.FA SH.I qoʻlyozmalar fondida XV-XX asrlarda koʻchirilgan 166 qoʻlyozma saqlanadi. Ulardan 84 tasida beshlikning hamma dostonlari berilgan. Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singigan boʻlsada, maxsus “Lison ut-tayr” dostonida (1499-y), “Nasoyim ul-Muhabbat”da (1495-96), “Tarixi Anbiyo Hukamo” (1485-y), “Arbain” singari asarlarida aks etgan. Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy va ilmiy-falsafiy yoʻnalishdadir. Toshkent xalq kutubxonasi 1870-yilda tashkil etilgan. Ushbu kutubxonaga 1948-yilda Alisher Navoiy nomi berilgan. 2002-yil 20-fevralda esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Kutubxonasi sifatida qayta tashkil etildi.

"Ma'rifat markazi" binosiga Аlisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston kutubxonasi joylashtirilishi va ushbu kutubxona faoliyatini axborot-texnologiyalarining zamonaviy talablarini hisobga olgan holda takomillashtirish, aholining intelektual ehtiyojlarini eng yuqori darajada qondirishga ynaltirilgan prinsipial jihatdan yangi axborot-kutubxona muassasasini tashkil etish, madaniy, ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlash va ko'paytirishni ta'minlash maqsadida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-noyabrdagi 302-sonli qarori asosida Buxoro shahar hokimining 2011-yil 22-noyabr sanasida “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatini tashkil etish va “Ma’rifat markazi” binosidan samarali foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi 1292-sonli qarori saqlanmoqda.

Ushbu hujjat Buxoro viloyat davlat arxivining fond-1456, roʻyxat-1, 1313-raqamli yigʻmajildda saqlanmoqda.

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati

08.02.2021 769