"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Yana bir viloyatda onlayn insholar tanlovi e’lon qilindi

Namangan viloyati hokimligi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda "Dunyoni ilm bilan qutqaramiz" shiori ostidagi "Ona tili-millat ruhi" insholar tanlovini e’lon qildi. 

Kelajagimiz egalarini har jihatdan barkamol insonlar qilib ulg‘aytirish, viloyatimiz o‘quvchi-yoshlarini ilmu tafakkurga chorlash, ularda ona tilimizga, boy tariximiz, ajdodlarimiz merosiga mehr uyg‘otish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy yuksalishga chorlash maqsadida o‘tkazilayotgan tanlov 9-, 10-, 11- sinf maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilmoqda.

Unda ishtirokchilar milliy g‘urur va iftixor, yurtimizning mustaqillik yillaridagi odimlari, boy tariximiz hamda ajdodlarimizning beqiyos merosi, mutafakkir bobolarimizning ona tilimiz rivojiga qo‘shgan hissasini o‘z ijodiy ishlarida bayon etadilar.

Mavzuni yoritishda ona tilimiz taraqqiyoti, tarixi, bugungi kundagi istiqbolining yanada ravnaq topishidagi muhim jihatlarni ifodalanishiga urg‘u qaratilmoqda.

Insholar tanlovi onlayn tarzda o‘tkazilib, ishtirokchilarning ijodiy ishlari dastlab tuman, shahar bosqichlarida saralanadi.

G‘oliblarni Planshet, Tanlangan asarlar to‘plami (6 jild) hamda Zamonaviy o‘zbek adiblarining asarlari to‘plami (6 ta) singari qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda.

07.04.2020 699