"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub» asari belarus tilida chop etildi

Joriy yilning 16-fevral kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Ijroiya qo‘mitasi binosida buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri, jamoat va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Belarusdagi elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, anjuman doirasida Alisher Navoiyning “Mahbubul-qulub” asarining belarus tilida nashr etilgan kitobi taqdimoti o‘tkaziladi.

Tadbir O‘zbekistonning Minskdagi elchixonasi, Belarus Prezidenti kutubxonasi va MDH Ijroiya qo‘mitasi hamkorligida tashkil etimoqda.

Anjumanda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov, Belarus Respublikasi Milliy assambleyasi kengashining xalqaro ishlar va xavfsizlik masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi Sergey Rachkov, “Zvyazda” nashriyoti bosh direktori Aleksandr Karlyukevich, Belarus Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, Alisher Navoiy asarlari tarjimonlari, Hamdo‘stlik davlatlarining elchilari, MDH Ijroiya qo‘mitasi rahbariyati hamda doimiy vakolatli vakillari ishtirok etishi  nazarda tutilgan.

Shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi binosining foyesida Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi.

MINSK, 12-fevral. “Dunyo” AA

13.02.2021 671