"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Navoiy viloyatida turizm yoʻnalishi bilan bogʻliq davlat tili masalalari oʻrganildi

Navoiy viloyatida turizm yoʻnalishi bilan bogʻliq davlat tili masalalari oʻrganildi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi O‘tkir Saidov boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida bo‘ldi. Ishchi guruh tomonidan hududiy boshqarma faoliyatida yuritiladigan hujjatlarning davlat tili me’yorlariga amal qilgan holda yuritilish holati o‘rganildi. O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi 5850-sonli va 2020-yil 20-oktyabrdagi 6084-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida yo‘lga qo‘yildi. 

Monitoring ishlari Sarmishsoy darasi, Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon-Qoraqum qismida joylashgan “Qosim Shayx”, “Mirsaid Bahrom” madaniy meros obyektlarida amalga oshirildi. O‘rganish davomida yurtimizdagi noyob tarixiy qadamjolardan biri sanalgan Nurotaning “Chashma” majmuasiga ham tashrif buyurilib, obyektdagi yozuvlarning davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq kelish holati o‘rganildi. Ma’sullar tomonidan Navoiy viloyat Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tasarrufidagi tarixiy-madaniy va zamonaviy obyektlardagi atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish, ularning bir xilda qo‘llanishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur hududdagi tarixiy obyektlar va ko‘ngilochar maskanlarga nom berilishi hamda peshtaxta yozuvlarining qonun hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish barobarida, boshqarma xodimlarining davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalari, tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanish qoidalarning buzilishi bilan bog‘liq holatlarni muntazam va har tomonlama o‘rganish, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

 

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Matbuot xizmati

25.02.2021 543