"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

“Ona tilim – g‘ururim” onlayn insholar tanlovi endi Buxoroda

Umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinflari o‘rtasida o‘tkazilayotgan onlayn insholar tanlovi Buxoro viloyatining tumanlarida davom etmoqda.

Xususan, Romitan, Kogon va Qorovulbozor tumanlarida tanlovga start berildi.

Tanlov shartlari - ajdodlarimizning boy merosini asrab-avaylash, milliy o‘zlikni anglash va mustaqil davlatchilik timsoli bo‘lgan, bebaho maʼnaviy xazina, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida yuksak kuch – o‘zbek tilining nufuzi va mavqeini oshirishga doir qarashlar va bilimlarni ifodalash. So‘zga bo‘lgan hurmat hissi hamda yuksak tafakkurni namoyon etish.

G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Eng yaxshi insholar tuman nashrlarida eʼlon qilinadi.

08.04.2020 975