"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Davlat tili nufuzini mustahkamlash uchun keskin va qatʼiy choralar belgilash vaqti keldi

Davlat tili nufuzini mustahkamlash uchun keskin va qatʼiy choralar belgilash vaqti keldi

Samarqand viloyati Jomboy tuman hokimligida davlat tilida ish yuritish tizimini yanada mustahkamlash mavzusi muhokama etildi. Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev qatnashdi.

Korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari, sohaga masʼul xodimlar ishtirok etgan tadbirda ish hujjatlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida, davlat tili meʼyorlari asosida yuritish, reklama va peshlavhalarni o‘zbek tilida yozilishini nazoratga olish, joy nomlari bilan bog‘liq muammolar muhokama etildi.

– Davlat tili nufuzini mustahkamlash uchun keskin va qatʼiy choralar belgilash vaqti keldi, – dedi A.Qirg‘izboyev. – Bu borada xalqaro tajriba ham o‘rganilyapti. Misol uchun, Fransiyada shunchaki, peshlavha davlat tilida yozilmagani uchun ham uch ming yevro jarima belgilangan. Bizda esa bu eng og‘riqli muammolarimizdan biri bo‘lib qolmoqda.

Tadbirda tuman hokimi Q.Sobirov so‘zga chiqdi. “Partsyezd”, “Jdanov”, “Pravda” kabi eskirgan so‘zlar hanuz kundalik isteʼmolda saqlanib qolayotganini taassuf bilan qayd etdi.

– Vaholanki, o‘sha hududlar bugungi kunda “Zarafshon”, “Sarichashma”, “Haqiqat” kabi chiroyli, o‘zbekona nomlar bilan yuritiladi, – dedi hokim. – Tilga bo‘lgan hurmatni o‘zimizni isloh qilishdan boshlamasak, kelajak avlod ham bizdan o‘rnak oladi. Til – ona, uni onamizday eʼzozlashimiz farz.

Mavzu yuzasidan faollarning fikr-mulohazalari eshitildi. Bu borada kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar belgilandi.


Jomboy tuman hokimligi
Matbuot xizmati


26.02.2021 611