"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “O‘zbek tili me’yorlari: punktuatsiya” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

“O‘zbek tili me’yorlari: punktuatsiya” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2021-yil 4-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan tayyorlangan “O‘zbek tili me’yorlari: punktuatsiya” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tuzuvchilar Nizomiddin Mahmudov, Abduvahhob Madvaliyev, Ne’mat Mahkamov va Dilrabo Andaniyozovalarning samarali mehnati natijasida yaratilagan mazkur amaliy qo‘llanma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 3000 nusxada “Zamin nashr” bosmaxonasida chop etildi.

Tadbirni Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Abdug‘affor Qirg‘izboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori, filologiya fanlari doktori S.Normamatov “O‘zbek tili me’yorlari: punktuasiya” kitobining muhim o‘quv adabiyoti sifatidagi ahamiyatini yig‘ilganlarga so‘zlab berishdi.

Mazkur qo‘llanma keng jamotchilikka mo‘ljallangan. Undan tadqiqotchilar, olimlar, turli soha vakillari, magistrantlar, talabalar, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar foydalanishi mumkin.

Kitob taqdimot bayram tadbiriga ulanib ketdi. Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari A.Qirg‘izboyev tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabrikladi. 

Davlat tilini rivojlantirish, o‘zbek tilining ona tili sifatidagi mavqeyini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan birgalikda tizimlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlarga tashakkurnoma va bayram sovg‘alari ulashildi.

05.03.2021 1104