"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻida davlat tilida ish yuritishga qanday ahamiyat berilmoqda?

Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻida davlat tilida ish yuritishga qanday ahamiyat berilmoqda?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6084-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 34-sonli qarori ijrosi yuzasidan Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi hududiy davlat oʻrmon xoʻjaliklarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash boʻyicha oʻrganishlarni oʻtkazish reja-jadval belgilangan. Unga koʻra, ishchi guruh belgilanib, rais maslahatchisi M.Abduxakimova va Chegara masalalari, mehnat muhofazasi, texnika va yongʻin xavfsizligi boʻlimi bosh mutaxassisi  R.Tojimatovlar ishtirokida 2021-yil 9-mart kuni Qoʻmita tarkibidagi Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi ish faoliyatini oʻrgandilar.

Ish yuritishga oid hujjatlar (buyruqlar, bayonnomalar, chiqish xatlari va boshqalar)ni oʻrganishda maʼlum boʻldiki, tashkilotda barcha hujjatlar davlat tilida yozilgan (99 foiz chiqish xatlari davlat tilida yozilgan). Bino va uning ichki qismida osilgan peshlavhalar, koʻrgazmali vositalar oʻzbek tilida boʻlib, ayrimlari lotin alifbosida tayyorlangan. Xonalarga kirishdagi tanishtiruv taxtasi (tablichka) ham lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvida boʻlib, imloviy xatoliklar mavjud ekanligi aniqlandi. Bino ichidagi barcha koʻrgazmali vositalar oʻzbek tilida yozilgan boʻlsa-da, imloviy xatoliklarni kuzatish mumkin. Koʻrgazmali vositalarga buyurtma berayotganda xatosiz yozilganligiga eʼtibor qaratish tavsiya etildi.

Tashkilot xodimlarining ish yuritish boʻyicha malaka oshirishiga eʼtibor qaratilgan. Xususan, 2021-yil 11-24-yanvar kunlari bosh buxgalter Gulchehra Nishonboyeva, ish yurituvchi Gulnora Ismailovalar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlashda ish yuritishni tashkil etish boʻyicha malaka oshirib, sertifikat olganlar. Buxgalteriya-hisob yoʻnalishidagi ayrim blank va hujjatlar belgilangan meʼyorlarga koʻra rus tilida amalga oshirilgan. UzASBO tomonidan dasturlashtirilgan hujjatlar rus tilida boʻlganligi bois davlat tilida tayyorlanmagan.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining 2020-yil 27-oktyabrdagi 153-sonli buyruq boʻyicha tashkilot hujjatlari rasmiylashtirilgan boʻlib, chora-tadbirlar begilangan, ijrosi nazoratga olingan. Qoʻmitaning 2021-yil 19-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-fevraldagi “Rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish boʻyicha sertifikatni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 52-son qarori ijrosini tashkil va taʼmin qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 24-sonli, 2021-yil 26-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 61-son qarori ijrosini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 31-sonli, 2021-yil 1-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining videoselektor tarzida oʻtkazilgan 3-son majlis bayoni topshiriqlari ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 32-sonli buyruqlari boʻyicha tarmoq hujjatlari, chora-tadbirlar rasmiylashtirilish arafasida.

Tashkilot tomonidan tayyorlanayotgan barcha koʻrgazmali vositalar, kitoblar, bukletlar avvalo davlat tilida, qolaversa, boshqa tillarda ham chop etilgan.

Davlat tilida ish yuritish boʻyicha amaliy yordam sifatida “Davlat tilida ish yuritish” kitobi tuhfa qilindi.

Oʻrganish yuzasidan zaruriy taklif va tavsiyalar berildi.


Malika Abduhakimova, 

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi

davlat qo‘mitasi raisining maslahatchisi

15.03.2021 554