"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri A.Qirg‘izboyev Xorazm viloyatining Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi yig'ilishida ishtirok etdi

Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri A.Qirg‘izboyev Xorazm viloyatining Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi yig'ilishida ishtirok etdi

2021-yilning 12-mart kuni Xorazm viloyati hokimligining katta faollar zalida viloyat maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda viloyat, shahar va tuman hokimlari, hokimlarning o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, boshqarmalar, idoralar, tashkilotlar rahbarlari, hokimlarning davlat tili masalalari maslahatchilari, viloyat, shahar va tumanlarning maʼnaviyat va maʼrifat markazlari rahbarlari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, filologiya sohasi mutaxassislari va boshqalar ishtirok etdi.

Mazkur yig‘ilishni Xorazm viloyati hokimi, viloyat maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining raisi F.O‘.Ermanov olib bordi. Kengash raisi dastlab, yig‘ilish mehmonlari, qatnashchilar bilan tanishtirib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan to‘xtalib o‘tdi.

Kengash raisi bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy islohotlarning mazmun-mohiyati xalqimizning tinch va farovon hayotini taʼminlash, ularning siyosiy va maʼnaviy saviyasini oshirish, ayniqsa yoshlarni milliy vatanparvarlik, sadoqat va bunyodkorlik ruhida tarbiyalashga, ularda buyuk o‘tmishimiz va qadriyatlarimizga nisbatan g‘urur hisini yuksaltirishga qaratilganligi xususida to‘xtalib, davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 19-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan maʼnaviyat va maʼrifat Kengashida topshirilgan bir qator vazifalarning bajarilishini joylarda taʼminlashga ko‘maklashish yuzasidan 10-12-mart kunlari viloyatga tashrif buyurgan ishchi guruh, ularning ikki kun davomida viloyatning barcha boshqarmalari, idoralari, tashkilotlari, taʼlim muassasalari, nodavlat tashkilotlarida o‘rganishlar olib borilganligi haqida toʻxtalib oʻtdi.

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri A.K.Qirg‘izboyev ishtirok etib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy islohotlarning, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali yetkazish, oila, mahalla, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni o‘rganish va sog‘lomlashtirishga qaratilgan faoliyatda ishtirok etish, “mahalla-tuman-viloyat-respublika” prinsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit xaritasini shakllantirish, bu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tinchlik va osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik g‘oyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini olib borish, aholining ijtimoiy-maʼnaviy hayotida bunyodkorlik g‘oyalarini kuchaytirish, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini yanada mustahkamlash mafkuraviy faoliyatimizning asosiy yoʻnalishi ekanligini ta’kidlab oʻtdi.

Ikki kun davomida ishchi guruh viloyatdagi boshqarmalar, idoralar, tashkilotlar, taʼlim muassasalari, nodavlat tashkilotlari va ularning tuzilmalarining ayrimlarida o‘rganishlar olib borishganligi, muvaffaqiyatlar, yutuqlar bilan bir qatorda ayrim muammolar, yechimini kutayotgan boshqa masalalar haqida aytib oʻtildi.

Shahar va tuman maʼnaviyat markazlarida ishlar talab darajasida yo‘lga qo‘yilmaganligi, ishlash uchun yetarli sharoitlar yaratilmaganligi, kompyuter texnologiyalari bilan to‘liq taʼminlanmaganligi tanqid qilindi.

Axborot resurs markazlari faoliyatlari yaxshi emasligi, aholi sonidan kelib chiqilgan holda koʻrilsa, lotin yozuvida chop etilgan kitoblar soni nomutanosib ekanligi ta'kidlanib, bu yoʻnalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish boʻyicha mas’ullarga vazifalar berildi.

Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi faoliyati umuman qoniqarli darajada emasligi, joylarga chiqib, targ‘ibot-tashviqot olib borish ishlarining tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilmaganligi, viloyat maktabgacha taʼlim tashkilotida ham bir qator kamchiliklar mavjud ekanligi aytildi.

Viloyat tibiyyot muassasalari, ularning tasarrufidagi tashkilotlar, xususiy klinikalar, dorixonalarda oʻrnatilgan peshlavhalar, ish yuritish hujjatlari davlat tili toʻgʻrisidagi qonun talablariga javob bermasligi ta’kidlandi.

Maʼnaviyatni quyi pog‘anadan boshlashimiz kerakligi va ishlarni mahallabay kesimida tashkil etish bugungi kunning talabi ekanligi aytildi. Bu borada Muhtaram Prezident namuna koʻrsatayotganligi, har bir davlat xizmatchisi bundan tegishli xulosa chiqargan holda xalq uchun xizmat qilishni o'z oldidagi birinchi vazifa sifatida belgilashi lozimligi ta’kidlandi.

Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri davlat tili masalalariga e’tibor qaratib, so‘nggi ikki yil davomida Prezident va Hukumatning 14 ta hujjati qabul qilingani, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasida ilk bor oʻzbek tili ma’ruza tili sifatida tanlanganligi, xorijiy mamlakatlarda oʻzbek tilini oʻrganuvchilar soni oshayotganligi va albatta til oʻrganish uchun yaratilayotgan shoroitlar xususida toʻxtalib oʻtdi.

Xorazm viloyatida davlat tili siyosatida bir qator ijobiy natijalarga erishilganligi ta’kidlab oʻtildi, biroq asosiy faoliyatni kamchiliklarni bartaraf etishga qaratish kerakligi, hali bu sohada qilinadigan ishlar ancha ekanligi ta’kidlandi. Masalan, ayrim tumanlarda davlat tili masasalari bo‘yicha maslahatchilarga yetarli sharoitlar yaratilmagani, oylik maoshlari belgilanmaganligi, axborot texnologiyalari bilan taʼminlanmaganligi kabi kamchiliklar keltirildi.

Yigʻilish soʻnggida ishlarni tizimli ravishda tashkil etish, tashkilotlararo hamkorlikda faoliyatni yuritish boʻyicha chora-tadbirla belgilandi.

 

Xorazm viloyati hokimligi
Matbuot xizmati

16.03.2021 562