"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

O‘zbek tilida “Hh” va “Xx” harflar bitta tovushni ifodalaydimi?

Alifbo nega o‘zgarmoqda?

Har bir tilning o‘ziga xos tovushlari bo‘ladiki, ular boshqa tillardan farqlanishga asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbek tili boshqa qardosh turkiy tillardan uch katta lahjani (qorluq, qipchoq va o‘g‘uz) o‘z ichiga olishi bilan muayyan murakkablikka ega bo‘lib turibdi. Shunung uchun unlilar talaffuzi va imlosida ham bir qator tushunmovchiliklar ko‘zga tashlanadi. Tog‘ri, o‘zbek tilining hamma lahjasida ham “ i ” tovushi 4 xil (1. nafis, 2. keldi, 3. bilan, 4. qirmiz) talaffuz qilinmaydi. Jumladan, “ o‘ ” unlisi ham ikki xil aytilishi hammaga ma’lum, biroq bu muammolarni alifboga bog‘lash shart emas. O‘zbek tilida yana “ i ” va “ e ” tovushlarini farqlamaslik holatlari bor. Bularning hammasini alifboga taqab bo‘lmaydi. Mazkur masalalar imlo qoidalari va fonetika o‘qitish metodikasi bilan bog‘liq.

Muhokamaga qo‘yilgan yangi alifbo haqida mutaxassislar, keng jamoatchilik -  barcha o‘z munosabatini bildirmoqda. Ayniqsa, “ h ” va “ x ” harflarini qo‘shib yuborish, bitta “ x ” harfiga birlashtirish taklifini xalqning mutaxassis bo‘lgan va bo‘lmagan vakillari qayta-qayta bildirishmoqda. “ H ” ˗ bo‘g‘iz undoshi o‘zbek tilining o‘ziga xos tovushi hisoblanadi. “ H ” va “ x ” harflari ikki alohida tovushni ifodalaydi. O‘zbek adabiy tilining muhim xususiyatiga aylanib bo‘lgan mazkur tovushlarni talaffuz qila olmayotganimiz uchun birlashtirib yuborish mumkin emas, bularning barchasi mamlakatda o‘qitish metodikasi talab darajasida emasligi bilan bog‘liq. Aksariyat dars mashg‘ulotlarida, u filologlar tayyorlaydigan OTM bo‘lsin, maktab ta’limi bo‘lsin fonetika, to‘g‘rirog‘i, orfoepiya yaxshi o‘qitilmaydi. Shuning uchun na o‘qituvchi, na o‘quvchi o‘zbek tilining o‘ziga xos tovushlarini talaffuz qila olmaydi, garchi ingliz yoki arab tiliga xos bo‘lgan notanish tovushlarni risoladagidek qiroat bilan o‘qiy oladi. Bu biz o‘zbek tili fonetikasini o‘qita olmayapmiz, degani bo‘ladi. Hech kim talaffuzda va imloda farqlay olmaydi shuning uchun “ h ” va “ x ” tovushlarini bir harf bilan berish kerak, deyish xato fikrdir. Ular o‘zbek tilining o‘z o‘rniga ega alohida harflaridir.

O‘zgartirilayotgan grafemalar (o‘, g‘, sh, ch ) esa, qulay holatga keltirilsa, o‘zbek tilining kompyuter texnologiyalari bilan integratsiyalashuvi jadallashadi. Boshqa tovushlar bilan bog‘liq ta’kidlanayotgan muammolarni o‘qitish metodikasi bilan hal  qilish mumkin. Til sohasida olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash tarafdoriman. Har qanday yangilik - bir qulaylikdir.


G‘ofir Hamroyev,

Pedagogika fanlar boʻyicha falsafa doktori

27.03.2021 731