"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Namangan shahrida davlat tili me'yorlariga javob bermaydigan 67 ta reklama bannerlari olib tashlandi

Namangan shahrida davlat tili me'yorlariga javob bermaydigan 67 ta reklama bannerlari olib tashlandi

Namangan shahrida “Reklama to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat hokimining maslahatchisi U.Shermatov rahbarligidagi ishchi guruh o'rganish o'tkazdi.

O'rganish davomida davlat tili me'yorlariga javob bermaydigan 67 ta reklama bannerlari olib tashlandi.

24 ta tadbirkorga  reklamaga joylashtirilgan yozuvlarning bexato va davlat tili, lotin grafikasida to'g'ri yozilishi bo'yicha tushuntirilib, ko'rsatmalar berildi.

Mazkur tadbir shahar va  tumanlarda davom ettiriladi.

30.03.2021 474