"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Buxoro viloyatida Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Buxoro viloyatida Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 19-yanvar kuni mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi videoselektor tartibida o‘tkazilib, unda hududlarda mutasaddilar, bevosita maʼnaviyat targ‘ibotiga, davlat tili ijrosiga masʼullar zimmasiga amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator vazifalar yuklandi. Zero, Yangi O‘zbekistonni qurishda Harakatlar strategiyasini amalga oshirilayotganligi har jabhada o‘zini oqlamoqda. Bu tamoyil bugungi hayotimizda o‘z aksini topmoqda.


Shu bilan birga, maʼnaviyat sohasida ham o‘ziga hos islohotlarni amalga oshirish bugungi davrning muhim talabi ekanligi hech kimga sir emas. Mamlakatimiz Prezidentining “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa — uning joni va ruhi albatta maʼnaviyatdir” degan so‘zlari yuqoridagi fikrni isbotlab turibdi. Aytish joizki, Buxoro viloyatida ham bugun maʼnaviyat olamida yangi davr, yangi kun boshlandi. Tan olishimiz kerak, ilgari sohaga yetarli eʼtibor qaratilmagani bugun yoshlarimiz taʼlim-tarbiyasida, jamiyatimiz hayotida o‘z asoratlarini namoyon qilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Maʼnaviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlarida el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, jamiyat taraqqiyotiga g‘ov bo‘layotgan har qanday illat, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va eng asosiysi, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga masʼuliyatsizlik bilan qarash hollariga barham berishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.



Ayniqsa, “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror nafaqat ushbu soha vakillari uchun, balki mamlakatimizning keksayu yosh, har bir fuqarosi uchun nihoyatda muhim sanaladi. Zotan, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va maʼnaviy tahdidlarga, ayniqsa, milliy qadriyatlarimizga, millatimiz, xalqimiz genofondiga jiddiy zarba berishga tayyor turgan kuchlarga qarshi kurashishda barcha birdek ogoh bo‘lishi va ularning taʼsiriga tushib qolishdan himoyalanish shart. Buning uchun esa jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish, maʼnaviy bo‘shliq, maʼnaviy kemtiklikka barham berish, barchani “Milliy tiklanishdan –– milliy yuksalish sari” g‘oyasi ostida birlashtirish zarur.



Bugun, viloyat hokimligi katta majlislar zalida bo‘lib o‘tgan respublika Maʼnaviyat-maʼrifat Kengashining navbatdagi yig‘ilishida yuqoridagi fikrlar o‘z eʼtirofini topdi. 


Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi Ishchi guruhi aʼzolari, viloyat mutasaddilari, sektorlar, sohaga daxldor tashkilot va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda videoselektor tartibida shahar va tumanlar hokimlari ishtirokida tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishni viloyat hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Mirali Hamroyev olib bordi.



Kun tartibidagi masalaga o‘tish oldidan mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 19-yanvardagi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining navbatdagi yig‘ilishida so‘zlagan nutqi asosida tayyorlangan videorolik yig‘ilganlar eʼtiboriga havola etildi.



Prezidentning yuqorida qayd etilgan qarorlari mazmun-mohiyati yuzasidan viloyatda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar, qolaversa, shahar va tumanlardagi o‘rganishlar natijalari xususida Prezident davlat maslahatchisining o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyevlarning maʼruzalari tinglandi. Sohada erishilayotgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan islohotlar bilan birga, qator nuqson va kamchiliklar yig‘ilib qolgani, joylarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi nihoyatda qoniqarsiz ahvolda ekanligi, mavjud maktabgacha taʼlim, umumtaʼlim maktablarida, hatto oliy taʼlim dargohlarida yosh avlod bilan ishlashda muammolar to‘planib qolgani, taʼlim muassasalarida kitob va darsliklar fondi yetishmasligi, bundan tashqari, tashqi reklama masalalarida, chunonchi, davlat tilida ish yuritishda viloyatda qator kamchilik va qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yilayotgani taʼkidlandi.






Mazkur qarorlar mazmun-mohiyati va tanqidiy bildirilgan fikrlarga javoban bu borada viloyatda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Shodmon Sulaymonov, Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov, viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafoyevalar, shuningdek, maʼnaviy–maʼrifiy ishlarni namunali tashkil etish maqsadida tanlangan Kogon tumani hokimi Muhiddin Esanovlarning mulohaza va axborotlari eshitildi.





Munozaraga boy kechgan muloqotda shahar va tumanlar hokimlari yuqorida qayd qilingan qarorlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan saʼy-harakat, belgilangan chora-tadbirlar ijrosi to‘g‘risida maʼlumot berdilar.

Buxoro viloyati hokimligi

Matbuot xizmati

04.04.2021 575