"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Tashqi reklamalarni joylashtirishga moratoriy eʼlon qilindi

Toshkent shahrida 2021-yil 1-apreldan 2021-yil 31-dekabriga qadar tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish, oʻrnatish, oʻzgartirish va pasportlarining berilishiga moratoriy eʼlon qilindi.

Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2021-yil 27-martdagi qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida oʻrnatilgan tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) xatlovdan oʻtkazib, yagona elektron reyestrni shakllantirish maqsadida qilinmoqda.

Taʼkidlanishicha, moratoriy tashqi reklama obyektlarida (konstruksiyalarida) joylashgan reklamaga taalluqli emas.

Moratoriy amal qilishi davomida yangi oʻrnatilgan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) noqonuniy hisoblanib, belgilangan tartibda demontaj qilinadi va ularni oʻrnatgan shaxslarga nisbatan choralar koʻriladi.


Toshkent shahar hokimligi

Matbuot xizmati

10.04.2021 555