"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Yakkasaroy tumanida tashqi yozuvlar, reklama lavhalarining holati o'rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining  “Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 16-martdagi 144-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2021-yil 7-11-aprel kunlari Yakkasaroy tumanidagi (Shota Rustaveli, Usmon Nosir, Bobur, Nukus, Muqimiy va KXAY ko‘chalari) tashkilotlar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida o‘rganishlar o‘tkazildi.


Mazkur tadbirda Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oqitish va malaka oshirish markazi Aholini ozbek adabiy tilining meʼyor va qoidalarga oqitish bolimi boshligi U.Boboyorov, Yakkasaroy tumani hokimining maslahatchisi G‘.Chuliyev, Xalq taʼlimi vaziri maslahatchisi N.Mamaraimova hamda tumandagi masʼul xodimlar ishtirok etdi.

O‘rganishlar davomida tumanning asosiy ko‘chalarida joylashgan binolar va uning atrofidagi reklama, peshlavha va bannerlarning davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga mos tarzida rasmiylashtirilganligi xatlovdan o‘tkazilib kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.


Xususan, 7-11-aprel kunlari 420 dan ortiq tashqi yozuvlar o‘rganilib, 98 tasi o‘zgartirilishi belgilandi (shundan xorijiy tilda yozilgan 32 ta peshlavha, 49 ta reklama, 17 tasi eʼlon va axborot oynalaridagi yozuvlar). Olib borilgan tushuntirish va targ‘ibotlar natijasida 64 ta tashqi yozuvlarni o‘zgartirishga erishildi.


G‘.Chuliyev,

Yakkasaroy tumani hokimining maslahatchisi

14.04.2021 680