"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Yangihayot tumanida 72 ta tashqi yozuv, reklama va peshlavhalarda kamchiliklar aniqlandi

Yangihayot tumanida 72 ta tashqi yozuv, reklama va peshlavhalarda kamchiliklar aniqlandi

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida tashqi reklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish maqsadida tuman ishchi guruhi aʼzolari – tuman hokimining maslahatchisi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mutaxassisi va mutasaddilar hamkorligida amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda.


O‘rganishlar davomida 72 ta tashqi yozuv, reklama va peshlavhalarda kamchiliklar aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklar – peshlavha va reklamalardagi yozuvlarning asosan 40 foizi rus tilida, 20 foizi ingliz tilida yoki 14 foizi rus tilida lotin alifbosida, 26 foizi o‘zbek tilida yozilgan. Olib borilgan tushuntirish va targ‘ibotlar natijasida ularning 47 tasi qisqa muddatlarda o‘zgartirilib, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida o‘rnatilishiga erishildi.



Ayni paytda ishlar davom etyapti.

 

Yangihayot tumani Matbuot xizmati

16.04.2021 665