"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Bektemir tumanidagi tashkilotlar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida o‘rganishlar o‘tkazildi

Bektemir tumanidagi tashkilotlar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida o‘rganishlar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti ko‘rsatmasiga asosan vazirlik va idoralar rahbarlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari Toshkent shahar hokimligining tumanlariga biriktirildilar.

Bektemir tumanidagi ishchi guruhi tarkibiga Bektemir tumani hokimi maslahatchisi Oybek Sapayev, Favqulodda vaziyatlar vaziri maslahatchisi Bahodir Valiyev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Iminov biriktirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining  “Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obektlariga nom berishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 16-martdagi 144-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Bektemir tumanidagi (Husayn Bayqaro, Rohat va boshqa ko‘chalarda joylashgan) tashkilotlar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida o‘rganishlar o‘tkazildi.


Tumandagi Husayn Bayqaro ko‘chasida joylashgan 1-BO‘SM (Bolalar va o‘smirlar sport maktabi)da joylashgan hududdagi peshlavhaning holati judayam achinarli ekanligi aniqlandi. Guruh aʼzolari tezkorlik bilan 1-BO‘SM rahbarlari bilan uchrashib, qisqa muddat ichida peshlavhani talabga javob beradigan shaklga keltirish yuzasidan o‘zaro kelishib olindi. Shuningdek, “Korzinka.uz”, “Tegen” savdo majmualaridagi mutasaddi rahbarlar bilan uchrashilib, ularga “Davlat tili haqida”gi qonunning mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.


Shu bilan birga, tumanda joylashgan dorixonalar, stomatologiya klinkasi, diagnostika markazi, o‘quv markazi, go‘zallik salonlari va savdo do‘konlarining rahbarlari bilan ham tushuntirish ishlari olib borildi. Ko‘pchilik tadbirkorlar davlatimiz tomonidan olib borilayotgan til bo‘yicha siyosatni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar va ular yaqin kunlarda o‘z obektlariga tegishli  peshlavha hamda boshqa axborot matnlarini davlat tili (lotin alifbosida) talablariga muvofiq yozishga vaʼda berdilar. Shunga ko‘ra, ularga bu borada ogohlantirish xatlari berilib, maʼlum muddatlar belgilandi.


O‘rganishlar davomida tumanning asosiy ko‘chalarida joylashgan binolar va ular atrofidagi reklama, peshlavha va bannerlar davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga mos tarzda rasmiylashtirilganlik nuqtayi nazaridan xatlovdan o‘tkazilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Xususan, 2-13 aprel holatiga 246 dan ortiq tashqi yozuvlar o‘rganilib, 82 tasini o‘zgartirish lozimligi belgilandi (shulardan 28 ta peshlavha, 26 ta reklama, 14 ta eʼlon va axborot oynalaridagi yozuvlar xorijiy tilda yozilgan). 


Olib borilgan tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari natijasida jami 32 ta tashqi yozuvni davlat tili talablariga muvofiq holda o‘zgartirib, joylashtirishga erishildi.

Oybek Sapayev,
Bektemir tumani hokimi maslahatchisi 

20.04.2021 556