"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • AQSH Michigan shtati universiteti professori bilan videokonferensiya shaklida muloqot o‘tkazildi

AQSH Michigan shtati universiteti professori bilan videokonferensiya shaklida muloqot o‘tkazildi

Joriy yilning 22-aprel kuni AQSH Michigan shtati universiteti talabalariga o‘zbek tilidan taʼlim beruvchi professor Temur Xo‘ja o‘g‘li bilan videokonferensiya shaklida muloqot o‘tkazildi.

Videomuloqotda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining maslahatchisi E.Abdualimov, Toshkent davlat agrar universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori A.Abduvasiqov, O‘zbek tili va adabiyoti hamda Xorijiy tillar kafedralari mudirlari D.Muhiddinova va U.Abdullayevalar ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan 1989-yildan boshlab, jumladan, Mustaqillikning dastlabki yillari hamda yangi O‘zbekistonni bunyod etish davrida milliy tilimizni joriy qilish, shuningdek, 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasida belgilab berilgan tadbirlar amalga oshirilishi to‘g‘risida axborot berildi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar tufayli millatimiz va tilimizga bo‘lgan qiziqish ortayotganligini mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zbek tilining xalqaro nufuzi, jozibadorligi va imkoniyatlari haqida muloqot va suhbatlar o‘tkazish, maʼnaviyatimiz va madaniyatimizni targ‘ib qilish borasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muloqot ishtirokchilari o‘z takliflarini bildirdilar.

Videomuloqotda o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar ko‘lami kelishib olindi.


E.Abdualimov,

Qishloq xo‘jaligi vazirining maslahatchisi

24.04.2021 446