"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida “Ilhom” mukofoti g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida “Ilhom” mukofoti g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Adabiyot xalqning yuragi, ma’naviyati, milliy qiyofasidir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan poytaxtimizda barpo etilgan Adiblar xiyoboni milliy adabiyotimizni xalqimiz, ayniqsa, yoshlar yuragiga olib kirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida talaba-yoshlar uchun ta’sis etilgan «Ilhom»mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan adabiyot bayrami haftaligi doirasidagi ushbu tadbirga yozuvchi va shoirlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, talaba-yoshlar taklif etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov tadbirni ochar ekan,o‘zining betakrorligi bilan ajralib turuvchi ushbu xiyobon milliy adabiyot ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarning bir qismi ekanini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustidagi tegishli qarori asosida ta’sis etilgan ushbu mukofot yurtimiz adib va shoirlari ijodini o‘rganishda faollik ko‘rsatayotgan, o‘z ijodiy-ilmiy ishlari bilan ko‘pchilikka namuna bo‘layotgan yoshlarimizga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur tashabbus oliy ta’lim muassasalarida shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganishni samarali tashkil etish, yoshlarning adabiyotga qiziqishini yanada oshirish, ularni kitob o‘qishga da’vat etish va shu asosda yoshlarning qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishdek maqsadlarni ko‘zlaydi.


«Ilhom» mukofoti bo‘yicha tashkil etilgan tanlovda 80 ta oliy o‘quv yurtidan talabalar faol qatnashdi.


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Behzod Musayev Prezidentimizning adabiyotga qaratayotgan e’tibori butun mamlakat bo‘ylab keng quloch yoyganini ta’kidladi.

Tanlovning ilk rag‘batlantiruvchi mukofoti sohiblari e’lon qilindi. Urganch davlat universiteti 1-bosqich magistranti Akbar Otaboyev hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 3-bosqich talabasi Madina Qahhorova ilk rag‘batlantiruvchi mukofotga sazovor bo‘ldi.

Навоийшунос ва блогер Акром Малик “Илҳом” мукофоти ғолиби бўлиб, “Spark” билан тақдирланди


20.05.2021 591