"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • O‘zbek tilini ona tili va davlat tili sifatida o‘qitishni takomillashtirish – dolzarb vazifa

O‘zbek tilini ona tili va davlat tili sifatida o‘qitishni takomillashtirish – dolzarb vazifa

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti Xalq taʼlimi vazirligi va Respublika taʼlim markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodikasi: integratsiya, metodologiya va amaliyot” mavzuidagi konferensiyada o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodikasini yaratish borasida respublikamizdagi yetakchi olimlarimizning ilmiy izlanishlari va xulosalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmonining qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea bo‘ldi.

Xususan, ushbu Farmon bilan tasdiqlangan “2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020-2022-yillarda amalga oshirish Dasturi”da:  o‘zbek tilini ona tili va davlat tili sifatida o‘qitishni takomillashtirish maqsadida ko‘nikma va malakalarni rivojlantiruvchi zamonaviy o‘quv metodik ishlanmalarini ommalashtirish, o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini tizimli oshirib borish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Departament mudiri A.Qirg‘izboyev Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika taʼlim markazi tomonidan bugungi davr talabidan kelib chiqqan holda, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodikasini yaratish borasida olib borilayotgan ishlarni baholab, bu borada respublikamizdagi yetakchi olimlarimizning ilmiy izlanishlari va xulosalari hamda rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasidan kelib chiqishning muhim ahamiyatiga masʼullar eʼtiborini qaratdi.

21.05.2021 535