"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Tabiat bilan tillashib, o‘z tilini sevganlar

Buxoro tumanidagi mavjud geografik obyektlarga ko‘ra 36 ta mahalla, 590 ta ko‘cha, 162 ta aholi punkti, 1 ta istirohat bog‘i, 1 ta ziyoratgoh, 64 ta ko‘priklar mavjud. Shular sirasiga Qorovulbozorda joylashgan Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi ham bor.

“Jayron” pitomnigi 1977-yilda tashkil etilgan bo‘lib, boshqa pitomniklardan farqli o‘laroq, hozirgi kungacha faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirib kelyapti. Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigining vazifasi: noyob va yo‘qolib borayotgan hayvon turlarini tabiatdagi sonini qayta tiklash uchun ko‘paytirish va biologiyasini o‘rganish; Janubiy-G‘arbiy Qizilqum cho‘lining o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish; tabiat resurslaridan oqilona foydalanish; ekologik maʼrifat; ekologik turizm. Pitomnikning hozirgi kunda umumiy yer maydoni 16522 gektar.


Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi-ekoturistik maskan bo‘lib hisoblanadi. Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida sayohatchilarga ekskursiyalar bir necha yo‘nalishlarda olib boriladi. 

Inson ham tabiatning bir bo‘lagi. Kishilik olamining bebaho gavhari uning o‘z ona tilidir. Bugun “Jayron” pitomnigida "Davlat tili haqida" gi Qonun ijrosini  hamda ekologik vaziyatni o‘rganish maqsadida tuman hokimi maslahatchisi Z.Ergasheva, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi Q.Madatov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘limi rahbari J.Aslonovlar “Jayron” pitomnigida bo‘lib, ish hujjatlarining davlat tiliga asoslangan lotin alifbosida bo‘lishi hamda hududda mavjud tashqi reklama va eʼlonlarning meʼyoriy talablarda bo‘lishi borasida fikr yuritdilar.

“Jayron” pitomnigidagi ish hujjatlari ko‘rilganda, blankalar lotin alifbosida yuritilayotganligi, tashqi reklama va eʼlonlar ham lotin alifbosida chiqarilganligi maʼlum bo‘ldi. Xulosa qilib aytganda, oʻrganish obyektida Davlat tiliga eʼtibor yetarlicha berilib, meʼyoriy hujjatlar lotin alifbosida yuritilyapti.


“Jayron” pitomnigi rahbari J.Ramazonovichning qayd etishicha, qachonki rahbar o‘z ona tiliga muhabbat bilan yondashsa, shu joyda tilning mavqeyi va nufuzi oshadi. Boshqa davlatlardan yoki boshqa viloyatlardan kelgan sayyohlar uchun tashqi reklama va bannerlardagi yozuvlar ilk taassurot uyg‘otuvchi vositadir. Demakki, sayyohlar bizning yurtimiz haqida yaxshi taassurotga ega bo‘lishlari uchun, shu xalq tilini ham asl holicha ko‘rishlari uchun biz o‘z tilimizni ulug‘lashimiz shart.

Tabiatni biz Ona tabiat deb ataymiz. U bizga onadek qadrli. Unga qo‘pol munosabat bildirishga hech kimning haqqi yo‘q. Bu borada Ekologik partiya chindan ham tabiat himoyachisi bo‘lib hisoblanadi. “Jayron” pitomnigi tabiati, jonzotlari rang-barang. "Bizda yo‘qolish arafasiga kelib qolgan tog‘ qo‘ylari, Buxoro jayronlari bugun ko‘paytirilmoqda", - deydi pitomnik rahbar o‘rinbosari Jamshid Hoshimov. Biz esa ona tabiatni asrashga, uni keyingi avlodga sog‘-omon yetkazishga masʼulmiz. Bu borada Buxoro tuman hokimligi, tuman Ekologik partiyasi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘limi hamda "Jayron" pitomnigi orasida hamkorlik belgilab olindi. Hamkorlikdagi ishda, albatta, natija bo‘ladi.


Tabiat bilan tillashganlarning o‘z ona tiliga bo‘lgan eʼtibori ham ko‘ngildagidek bo‘ladi.

Buxoro tuman hokimligi axborot xizmati

24.05.2021 641