"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Institutda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va davlat tilida ish yuritish holatlari o‘rganildi

Institutda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va davlat tilida ish yuritish holatlari o‘rganildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining buyrug‘i asosida tashkil etilgan vazir maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori Odinaxon Jamoldinova rahbarligidagi ishchi guruh aʼzolari tomonidan davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va davlat tilida ish yuritish holatlari o‘rganildi.


DSC 0897 - Институтда давлат тили тўғрисидаги қонун ҳужжатларига риоя этилиши ва давлат тилида иш юритиш ҳолатлари ўрганилди

O‘rganish ishlari mobaynida ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va «2020-2030-yillarda davlat tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonlari, Vazirlar Mahkamasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

DSC 0911 - Институтда давлат тили тўғрисидаги қонун ҳужжатларига риоя этилиши ва давлат тилида иш юритиш ҳолатлари ўрганилди

Shuningdek, ishchi guruh rahbari Odinaxon Jamoldinova institutning o‘zbek tili va adabiyoti taʼlim yo‘nalishi talabalari bilan suhbatlashib, davlat tilida ish yuritishda uchrayotgan muammolar, darsliklardagi baʼzi kamchiliklar va ularni tuzatish yo‘llari to‘g‘risida fikr almashdi.

DSC 0944 - Институтда давлат тили тўғрисидаги қонун ҳужжатларига риоя этилиши ва давлат тилида иш юритиш ҳолатлари ўрганилди


Nukus DPI matbuot xizmati

27.05.2021 517