"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Tilni asrashga hamma birdek masʼul

O‘zbekiston Respublikasi "Davlat tili haqida"gi Qonunning 20-moddasida lavhalar, eʼlonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va eʼlon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin deb belgilangan. Biroq, bugun mazkur qoidaga barcha birdek amal qilayapti, deya olmaymiz. Xususan, ayrim savdo yoki xizmat ko‘rsatish soha vakillari tomonidan bevosita yoki internet tarmoqlari orqali berilgan lavhalar va eʼlonlarda ham davlat tili qoidalarining buzilayotganligini kuzatish mumkin.



Bu kabi vaziyatlarni oldini olish, shuningdek, davlat tili to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlash va shu orqali uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida Boyovut tumanida ham qator chora-tadbirlar o‘tkazildi.


Jumladan, tumanning yuqoridagi masalalarga masʼul bo‘lgan komissiyasi navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda markaziy ko‘chadagi peshlavhalar, reklama matnlari va unda qo‘llanilgan iboralarni, qo‘yingki, ko‘chada ko‘zga tashlanadigan barcha yozuvlarni O‘zbekiston Respublikasi «Davlat tili haqida»gi va «Reklama tog‘risida»gi qonunlarini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar va kelajakda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, simyog‘ochlar, tabiiy gaz quvurlari va boshqa komunikatsiya tarmoqlarining tayanch ustunlaridan reklama vositasi sifatida foydalanilishiga chek qo‘yishga kelishib olindi.

 

Boyovut tumani hokimligi

Axborot xizmati

03.06.2021 566