- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- O‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi
O‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Joriy
yilning 3-iyun kuni Vazirlar
Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari
departamenti mudiri A.Qirg‘izboyev va Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi
elchisi O.Bekar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga
bag‘ishlangan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Alisher
Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘tgan mazkur
uchrashuvda Departament mudiri mamlakatimizda davlat tili nufuzi va mavqeini
oshirish bo‘yicha olib borilayotgan siyosat, o‘zgarishlar haqida gapirib, bunda
turkiy tilli mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorlikning ahamiyatiga to‘xtalib
o‘tdi.
Jumladan,
Davlatimiz rahbarining 2020-yil 20-oktyabrdagi
“Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonda turkiy tilli
davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ham vazifa belgilanganini
taʼkidladi.
Turkiyaning
mamlakatimizdagi elchisi Olgan Bekar ham, o‘z navbatida, O‘zbekistonda barcha
sohalarda olib borilayotgan ulkan o‘zgarishlarni eʼtirof etdi:
“Joriy
yilning mart oyida ish boshladim. Ota yurtimiz O‘zbekistonda ishlash, u bilan
tanishishning o‘zi katta baxt! O‘zbek tilining turk tili bilan naqadar
yaqinligi, boyligi, jozibasini uni o‘rganish davomida yanada chuqurroq his etyapman.
Boshlagan xayrli ishlaringiz bu til ravnaqi, yuksalishi uchun juda muhimdir”.
O.Bekar yurtimizning madaniyati va tarixiga chuqur hurmat izhor etib, o‘zaro hamkorlikka doim tayyorligini bildirdi.
Tomonlar sohaga doir o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda fikr almashdilar.