"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Telegram‘dan o‘zbek tilida foydalanish imkoniyati taqdim etildi

Telegram‘ning O‘zbekistondagi foydalanuvchilari uchun ajoyib yangilik — endilikda messenjerning o‘zbekcha variantidan ham foydalanish imkoni mavjud. Bu haqda Telegram qo‘llab-quvvatlash markazi vakilining norasmiy kanalida xabar berildi.

Interfeys tilini o‘zbekchaga o‘zgartirish juda oson:

Settings → Language → O‘zbek (Sozlamalar → Til → O‘zbek).

“Hozirgi kunda o‘zbek tili rasmiy ravishda Android va iOS tizimlaridagi Telegram‘da taqdim etildi. Tez orada Telegram  Desktop ham bu imkoniyatga ega bo‘ladi”, — deyiladi xabarda. Shu bilan birga, interfeysni o‘zbek tiliga tarjima qilishda yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildirilgan.

Shuningdek, istalgan vaqtda tarjimalar platformasida tarjimani mukammallashtirishda yordam berish imkoniyati borligi eslatib o‘tilgan.

15.04.2020 575