"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” tanlovi doirasida mahalliy ijro etuvchi tuman  va shahar hokimliklari orasidan “Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud” yo‘nalishi g‘olibi aniqlanmoqda.

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:

Birinchi bosqich (1-iyulgacha)da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tuzilgan Ishchi guruh mahalliy ijro hokimiyati (tuman/shahar) organlari faoliyatini joyiga chiqib o‘rgangan holda, tanlovning Respublika bosqichiga tavsiya etadi.

Ikkinchi bosqich (1-iyuldan 31-avgustgacha)da tavsiya etilgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (tuman/shahar) organlari faoliyati Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan o‘rganiladi.

Uchinchi bosqich (10-sentyabrgacha)da tanlov g‘oliblari aniqlanadi.

G‘oliblar 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi. Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

16.06.2021 595