"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” tanlovi doirasida vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari orasidan “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” yo‘nalishi g‘olibi aniqlanmoqda.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2021-yil 1-iyuliga qadar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga murojaat qilish kifoya.

Tanlovning Ishchi guruhi 2021-yil 1-iyulidan 31-avgustiga qadar tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlarda bo‘lib, davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, o‘zbek tilining siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda to‘laqonli tatbiq etilishini hamda faol qo‘llanishini taʼminlashga qaratilgan ilg‘or tashabbuslarni baholaydilar.

G‘oliblar 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi. Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Tanlov haqidagi batafsil maʼlumotni (71) 215-51-76 raqamlariga bog‘lanib olish mumkin.

16.06.2021 747